Xames Rodriges "Bavariya"dan ketgach nimalar dedi?
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges rasman “Bavariya”dan ketdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
“Men klubdagilar va meni hamisha qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men Myunxenda ikki unutilmas yillarni o‘tkazdim. Men bu erda hamisha o‘zimni xuddi o‘z uyimdagidek his qildim. Bu erda mening ajoyib xotiralarim qoladi. “Bavariya”ga esa eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, - deydi Xames.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi so‘ngi ikki mavsumni “Bavariya” safida ijara asosida o‘tkazdi. O‘tgan davr mobaynida u jami 67ta o‘yinda maydonga tushdi va 15ta gol hamda 20ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Uning “Real” bilan shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangn. Shu bois endi u yana Madridga qaytadi.

Fikrlar