Xames Rodrigesga Xitoyning “Xebey Chayna Forchun” klubi jiddiy taklif bilan chiqdi
Ispaniyaning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin edi. Ammo kolumbiyalik xavbek osiyoliklarning taklifini rad etdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Xitoyning “Xebey Chayna Forchun” klubi Xames uchun yillik 30 millioe evrolik maosh taklif qilgan. Ammo futbolchi bunga rad javobini bergan. Xitoyliklar Xamesni Osiyoga olib kelish uchun 110 million evro transferiga sarflashga tayyorliklarini bildirishgan.

Ma’lumot o‘rnida, Xames Rodriges ayni paytda Madridda yiliga 3,5 million evro maosh oladi.
Fikrlar