Xamzat Chimaev: "Ikkinchi kamar uchun jang qilmoqchiman!"

  • 15.10.2025 21:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC ning o‘rta vazn (84 kg) chempioni Xamzat Chimaev yarim og‘ir vazn toifasi (93 kg) chempioni Aleks Perreyra bilan jang qilish istagini bildirdi.

"Ikkinchi kamar uchun jang o‘tkazishni xohlayman! O‘ylashimcha, Aleks — men uchun juda qulay raqib. Hamma uni kuchli, jismonan baquvvat deydi, biroq men hech qachon kuchda hech kimdan qolishmaganman. U ham o‘rta vazndan chiqqan, keyin yarim og‘ir vaznga o‘tgan. Agar menga Nassurdin Imavov, Rene de Ridder yoki Entoni Ernandesni bersalar ham, bu juda qiyin bahs bo‘ladi, deb hisoblamayman. Eng muhimi — yaxshi haq to‘lansa bas", — dedi chechen ACA vitse-prezidenti Aslanbek Badaevning You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Chimaev 16 avgust kuni "UFC 319" turnirida Dyu Plessini mag‘lub etib, o‘rta vaznda chempionga aylangandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!