
"Xanchjou-2022": Sevinch Isoqova bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Xitoyning Xanchjou shahrida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining bugungi kuni sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli tarzda o‘tmoqda. Avvalroq, akademik eshkak eshuvchilarimiz qayd etgan ijobiy natijalar haqida xabar bergandik. Dzyudochilarimiz "Xanchjou-2022"da zafarli yurishlari odimlamoqda.
-63 kg vaznda bahs olib borayotgan Sevinch Isoqova ilk davrada gongkonglik raqibasini, keyin esa qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga yo‘l olgandi. Biroq yarim final bahsida vakilimiz xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Endilikda, Isoqova bronza medali uchun tatamiga chiqadi.
Fikrlar