Xau: "Mavsum yakunidagi barcha o‘yinlarni yutmoqchimiz"
"Nyukasl Yunayted" bosh murabbiyi Eddi Xau mavsum yakunidagi o‘yinlar haqida fikr bildirdi.
"Bizning barcha e’tiborimiz qolgan o‘yinlarni yutqazmaslikka qaratilgan. Bu hafta yaxshi tayyorgarlik o‘tkazdik. Yigitlar yaxshi mashg‘ulot qildi, ularda yaxshi kayfiyat bor", — dedi Xau klub matbuot xizmatiga.
Mavsum yakunlanishiga uch tur qolganida Angliya Premer-ligasi jadvalida "Nyukasl Yunayted" 13-o‘rinda bormoqda. Ammo jadvaldagi vaziyat shunchalik zichki, jamoa hali ham Yevropa kuboklariga chiqish uchun nazariy imkoniyatni saqlab turibdi.
Qolgan o‘yinlarda "Nyukasl" "Nottingem Forest", "Vest Xem Yunayted" va "Fulxem" jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar