Hausen “Yuventus”ga qaytishi mumkin — turinliklar ijara variantini ko‘rmoqda

  • 02.04.2026 15:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" himoyachisi Din Hausen yozgi transferlar oynasida yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin.

"La Stampa" ma'lumotiga ko‘ra, turinliklar o‘z tarbiyalanuvchisi bo‘lgan ispaniyalik futbolchini ijara asosida olib kelish variantini ko‘rib chiqmoqda. Joriy mavsumda himoyachi o‘yin amaliyoti va sport formasi borasida ayrim qiyinchiliklarga duch kelgani aytilmoqda.

Din Hausen 2025 yili "Bornmut"dan "Real" safiga 62 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda futbolchi "Real" safida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 65 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!