Xaver Mendes: Xabib UFCda eng zo‘ri, Jons emas!

  • 6 yanvar, 2020, 17:31
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendesning fikriga ko‘ra, yarimog‘ir vaznda jang qiluvchi Jon Jons vazn toifasidan qa’tiy nazar bo‘lgan promoushenning eng yaxshi jangchilari ro‘yxatida etakchi ekanligini adolatsizlik deb ta’kidladi.

"Bu adolatsizlik. Xabib jahonda birinchi raqamli! Bu borada ortiqcha savol ham bo‘lishi mumkin emas, u buni isbotlab qo‘ygan.

Hech kim Xabib kabi etakchi chempion bo‘lolmagan. Hech kim. UFC tarixida hech qachon bunaqasi bo‘lmagan. U Konorga bitta raundni ham boy bermagan.

Bu onson jang bo‘lgandi. Shundan keyin ham kimdur uni birinchi raqamli emas deb ayta oladimi? Ha, bu qandaydur adolatsizlik," - dedi Mendes.

Eslatib o‘tamiz, UFCning eng yaxshi jangchilari ro‘yxatida Xabib Nurmagomedov ikkinchi pog‘onada qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!