Xavertsga qaysi pozitsiya qulay? O‘zi javob berdi

  • 20.02.2024 13:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" yarim himoyachisi Kay Xaverts "kanonirlar"ning so‘nggi o‘yinlariga baho berdi: 

- O‘ylaymanki, o‘ynagan pozitsiyam (hujumchi ortida) menga juda mos keladi. O‘zimni hamma pozitsiyada yaxshi his qilaman. Men buni har doim aytganman. Maydonda bo‘lishdan zavqlanaman va faqat bitta pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchi emasman. To‘g‘risini aytsam, moslashuvchan bo‘lishni yaxshi ko‘raman va qaerda o‘ynasam, kuchimni beraman. 

Qayd etish lozim, Xaverts "Byornli"ga qarshi bellashuvda bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!