
Xavi: "Anchelottiga bo‘lgan tanqidlar – noinsoflik"
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Karlo Anchelottiga nisbatan tanqidlar haqida fikr bildirdi va kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Men hozircha shoshilmayapman, ammo yaxshi loyiha olishni xohlardim. Mana masalan: “Senga to‘rt yil vaqt, loyihani rivojlantir”, – desalar, mamnuniyat bilan ish boshlardim. APLda ishlashni istardim, u erdagi muhit juda yoqadi. Ispaniyada esa faqat natijaga qarashadi.
Qarang, Anchelottiga nima bo‘lyapti. Hamma uni tanqid qilyapti. Bu – adolatsizlik. U 10 yilda 30 ta sovrin yutib oldi. Uni shunday tanqid qilishyaptiki, go‘yo u hech narsa yutib olmagan. Ernesto Valverde juda yaxshi aytgan: “Agar Anchelottini tanqid qilishsa, qolganlar nimani umid qilishi mumkin?”
Ispaniyada bosim juda kuchli, ayniqsa "Barsa" va "Real"da. Masalan, Mareska boshqaruvidagi "Chelsi" – yaxshi loyiha. Arteta boshqaruvidagi "Arsenal" ham shunday. U allaqachon olti yildan beri ishlayapti. Qiyin mavsumlar bo‘ldi, lekin klub unga ishondi va ishni davom ettirdi. Ispaniyada esa bunday bo‘lmaydi" – deya o‘z fikrlarini bildirdi kataloniyaliklarning sobiq bosh murabbiyi.
Fikrlar