
Xavi "Atletiko"ga qarshi o‘yindan so‘ng: "Balki bu "Barsa"ning eng yaxshi o‘yinidir"
Kecha "Barselona" jamoasi La Liga doirasida Madridning "Atletiko"si bilan kuch sinashdi. Mazkur bahs kichik 1:0 hisobida "ko‘k-anorranglilar" g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvdan so‘ng kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men kecha Joauning qanday ishlaganini, to‘p bilan harakatini, pozitsiya tanlashdagi ustunligini va Kanselu bilan qanday kelishishiga guvoh bo‘ldim. Uni biz bilan baxtli, quvnoq va faol harakat qilayotganini ko‘rib turibman.
Bugun biz juda yaxshi o‘yin namoyish etdik. "Atletiko" ikkinchi taymda bosim o‘tkazdi. Balki bu "Barsa"ning eng yaxshi o‘yinidir. Butun uchrashuv davomida ishonchli harakat qildik, deb hisoblayman", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar