
Xavi "Barsa"ga ketish uchun shayx bilan uchrashdi
Xavi borasida "Barselona" va "Al-Sadd" o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik mutaxassisning shaxsan o‘zi klub xo‘jayini Muhammad bin Hamad Al-Tani bilan uchrashgan. Boisi, Al-Tanining talabiga qaramay, "Barsa" prezidenti Joan Laporta muzokarada bevosita ishtirok etmagan.
Kataloniyaliklar afsonasi shayxga faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirmoqchi ekanligini aytgan. Yaqin soatlarda yakuniy qaror e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, Xavi 1998-2015 yillar oralig‘ida "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng "Al-Sadd"da 4 yil futbolchi sifatida harakat qilgan yarim himoyachi hozirda jamoa bosh murabbiy hisoblanadi.
Fikrlar