
Xavi: "Hammamiz shuni xohlagandik"
Xavi Jerar Pikening so‘nggi o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Kataloniya klubi La Liga 13-turi doirasida "Almeriya"ni 2:0 hisobida taslim qildi. Pike uchrashuvni asosiy tarkibda va jamoa sardori sifatida boshladi:
"Barchamiz uchun, ayniqsa Jerar uchun tarixiy oqshom. U ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Hammamiz shuni xohlagandik.
Bahs qanchalik muhim bo‘lsa, Pike shunchalik yaxshi harakat qiladi. Men unga "Barsa" afsonasi ekanligini aytdim va biz undan minnatdormiz", - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi.
Fikrlar