Xavi: "Imkonim bo‘lsa, u bilan allaqachon shartnoma imzolagan bo‘lardim"

  • 7 aprel, 2022, 07:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi "Barselona" vingeri Usmon Dembele borasida iliq fikrlar bildirdi. 

- Dembele o‘zgarganini sezdingizmi? 

- Uning o‘z ishiga munosabatini namuna sifatida ko‘rsatsa bo‘ladi. U juda g‘ayratli va baxtli. Usmon g‘oliblik mentalitetiga ega. 

- Dembelening qolish-qolmasligi aniq bo‘ladigan paytni yana qancha kutishga tayyorsiz? 

- Ayni vaqtda muzokaralar davom etmoqda. Klub mening ustuvor maqsadlarim nimada ekanligini biladi. Agar imkonim bo‘lsa, u bilan allaqachon shartnoma imzolagan bo‘lardim. Biroq moliyaviy ahvolimiz yaxshi emas. Shunga qaramay, rahbariyat bu borada ish olib borayotganidan xabarim bor. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!