Xavi murabbiylik faoliyatidagi 2-sovrinini qo‘lga kiritdi

  • 17.01.2020 22:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xavi boshchiligidagi "Al-Sadd" qatar valiahd shahzodasi kubogida g‘olib chiqdi.

Ular hal qiluvchi final bahsida “Al-Duxail”ni 4:0 hisobida mag‘lub etishdi. Ta’kidlash kerakki, bu Xavining “Al-Sadd” bilan birga qo‘lga kiritgan 2-sovrini bo‘ldi. U avval jamoasi bilan shayx Yassim kubogida ham zafar quchgan edi.

“Al-Sadd” ayni damda Qatar chempionatida peshqadamdan 9 ochko kam jamg‘argan holda 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!