
Xavi Pike o‘rniga undan zo‘rini olib keladi
Ispaniya matbuotining yozishicha, “Barselona” rahbariyati yoshi o‘tib qolayotgan Jerar Pike o‘rniga jahonning eng kuchli himoyachilaridan birini olib keladigan bo‘ldi.
Manbalarning ta’kidlashicha, jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes Pikening o‘rnini “Interda o‘ynayotgan Milan Shkrinyar egallashini istamoqda.
Milanning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. Bu himoyachi A Seriyani tark etishni rejalashtirgan va jamoaning yangi bitim bo‘yicha taklifini qabul qilmadi.
Shkrinyarni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan yuqori saviyali himoyachini Evropaning eng kuchli grandlari qo‘lga kiritishga tayyor turibdi.
Fikrlar