Xavi "Portu" futbolchisini talab qilmoqda!

  • 16.10.2023 17:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni damda "Portu"da harakat qilayotgan argentinalik yarim himoyachi Alan Varela Ispaniya top-klubida ishlash imkoniyatiga ega. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes 22 yoshli janubiy amerikalik futbolchini o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi. "Ko‘k-anorranglilar" qishki transferlar oynasida Varelaning transferini amalga oshirishga harakat qiladi.

Alanning "ajdarlar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 12 million evroga baholanmoqda.

Portugaliya chempionatining joriy mavsumida Varela beshta o‘yin o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!