Xavi “Real” yulduzini himoya qildi

  • 17 sentabr, 2022, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Vinisius Juniorning golni nishonlash uslubi ko‘pchilikka ma’qul kelmayapti.  Madridliklarning ashaddiy raqibi “Barselona” bosh murabbiyi bu borada ancha bag‘rikeng ekanini ko‘rsatdi.

Tecno

- Mening fikrim shuki,  har kim golni o‘zi istagancha nishonlaydi. Agar uning xatti-harakatlarida raqibga nisbatan hurmatsizlik bo‘lmasa, bunda hech qanday muammo yo‘q.

Men ham futbolchilik davrimda gollarimni jamoadoshlarim bilan nishonlashni yaxshi ko‘rardim. Chunki futbol jamoaviy o‘yin, - dedi Xavi Ernandes.

Eslatib o‘tamiz, “Malorka” bilan bo‘lgan uchrashuvda raqib bosh murabbiyi Xaver Agirre shogirdlariga Vinisiusga jarohat etkazishni buyurgani ancha muhokamalarga  sabab bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!