
Xavi "Real"ga qarshi o‘yinda Pikega ishonch bildirmaydi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi himoyachi Jerar Pikedan norozi, deb xabar berdi "Sport.es". Mutaxassis tajribali futbolchining Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Inter”ga (3:3) qarshi o‘yindagi harakatlaridan qoniqmagan.
Shu bois, Xavi chap qanot himoyachisi Markos Alonsoni Ispaniya chempionatining navbatdagi turi doirasidagi "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda Pikening o‘rniga maydonga tushirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, "el-klasiko" 16 oktyabr kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19.15 da boshlanadi.
Fikrlar