Xavi Simons: «Biz barcha musobaqalarda g‘olib chiqmoqchimiz»
«Tottenxem»ning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons London klubining maqsad va rejalari haqida keskin bayonot berdi.
— Mening maqsadlarim jamoa va klubning ambitsiyalari bilan to‘liq mos. Biz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni istaymiz, — dedi Simons jurnalist Mett Barlouga bergan intervyusida.
Xavi Simons o‘tgan yozda «shporlar» safiga qo‘shilgan edi. U klub bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasiga imzo chekkan.
2025/26 yildagi Angliya chempionati yakunlariga ko‘ra, londonliklar jadvalda 17-o‘rinni egallab, 41 ochko to‘pladi. Jamoa faqat musobaqaning so‘nggi bosqichidagina elita divizionida qolishni ta’minlay oldi.
Yangi mavsum Angliya Premier-ligasida avgust oyining ikkinchi yarmida start olishi kutilmoqda. Biroq Simons jarohati tufayli musobaqaning katta qismini o‘tkazib yuborishi aniq.

Fikrlar