Xavi Simons: «Tonali — eng yuqori darajadagi futbolchi»

  • 14.07.2026 15:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem» yarim himoyachisi, niderlandiyalik Xavi Simons jamoaning yangi futbolchisi Sandro Tonali haqida fikr bildirdi.

 

«Men Tonaliga qarshi maydonga tushganman. Uning darajasini yaxshi bilaman — u eng yuqori saviyadagi futbolchi. To‘p bilan juda agressiv o‘ynaydi, maydonni yaxshi ko‘radi. Uzatmalari orqali hujumchilarni topa oladi va jamoaga muvaffaqiyat qozonishda katta yordam beradi», — dedi Simons jurnalist Mett Barlou bilan suhbatda.

 

Ma’lumki, joriy transfer oynasidan «Tottenxem» Sandro Tonalini «Nyukasl» klubidan 117 million yevro evaziga sotib oldi. Bu summa londonliklar tarixidagi eng qimmat transfer sifatida qayd etildi.

 

Yangi mavsum Premyer-ligada avgust oyining ikkinchi yarmida start oladi. Birinchi turda Roberto De Dzerbi shogirdlari 22 avgust kuni safarda «Brentford»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!