Xayrulla Bozorov "Neftchi"da yig‘ilish o‘tkazdi. "Turon" bilan o‘yindagi tartibsizliklar uchun bosh murabbiy lavozimidan ozod etildi

  • 5 dekabr, 2020, 19:15
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 1 dekabr kuni o‘tkazilgan "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidagi tartibsizliklar kelib chiqqan holat yuzasidan, bugun "Neftchi" FK qarorgohida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov raislik qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

photo_2020-12-05_18-53-42

Yig‘ilishda shuningdek, viloyat hokimining sport va turizm ishlari bo‘yicha maslahatchisi H.Ahmedov, Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari F.Abdillazov, Farg‘ona NQIZ direktori o‘rinbosari B.Mo‘minov, "Neftchi" FK bosh direktori Z.G‘ofurov hamda Farg‘ona viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti N.Otaqo‘ziev qatnashdi.

Viloyat hokimi X.Bozorov yig‘ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi. Yig‘ilishda 2020 yil 1 dekabr kuni o‘tkazilgan "Neftchi" - "Turon" bellashuvida "Neftchi" jamoasi futbolchilarining o‘yinni boshqargan hakamlarga nisbatan qilgan qo‘polliklari tufayli yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida futbolga xos bo‘lmagan holat bo‘lganligi, jamoa mas’ul xodimlari klub futbolchilarini o‘yinga etarlicha jismonan va ruhan tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi, tartibsizlik keltirib chiqargan futbolchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilganligi haqida gapirildi.

photo_2020-12-05_18-53-47

Shuningdek, kelgusida "Andijon" FK bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga etarlicha tayyorgarlik ko‘rish hamda ijobiy natija ko‘rsatish bo‘yicha "Neftchi" futbol klubi mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. "Neftchi" FK mas’ul xodimlari futbolchilarini o‘yinga etarlicha jismonan va ruhan tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun bosh murabbiy A.Durmonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/12/2020 20:52
nima balov. stadiyonga ugirlik buldimi yoki boshqa narsa buldimi. Aybdorlarni topish qiyin bulsa. hammasi kurinib turibtiki. hammasi oddiy. 1 chisi. Organ Hodimlari. uyin tugashi bilan kelib. sudiyani urap olsa buldi edi. keyingisi Murabbiy uyinchilarni tahlap olmagan. ayni yahshilap uqitish kerak edi. hali yana imkoniyat bor deb. keyin. murabbiy va yordamchilari qerga qaradi. nima bulsa ham. Neftchini fudbolimizdan. 1.2 yil tushurib yuborishmasa buldi chunki. uyinchila. bir beri bilan emasda ochiqchasiga sudiya bunoqa hijim qilish. yomon.