
Xebay "Andijon"dan ketadimi?
"Andijon" klubi hujumchisi Rubin Xebay masalasida SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida quyidagicha xabar berdi.
"Ancha avval, uni "Paxtakor" qiziqishlar doirasida ekanligi xaqida yozgan edim. Bugunga kelib, barchasi o‘zgarib ketdi. Maksim Shatskix albaniyalik xujumchi rejalarida yo‘q ekanlini, Rubin Xebay esa "Paxtakor" unga taklif bilan chiqmaganini aytdi.
Xebay bilan bir nechta xorij klubi jiddiy qiziqib qolgan. Futbolchi ularni ko‘rib chiqmoqchiligini ma’lum qildi.
Shunga qaramay, u "Andijon"ning Turkiyada bo‘ladigan yig‘inida ishtirok etadi. Agar variantlari orasida moliyaviy tomondan "Andijon"dan yaxshiroq taklif bo‘lmasa, kelasi mavsumni xam "Bobur Arena"da o‘tkazadi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar