Xedira Ronalduni qanday so‘zlar bilan maqtadi?

  • 22 may, 2020, 08:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Sami Xedira portugaliyalik jamoadoshi Krishtianu Ronalduni maqtadi.

Tecno

“Ronaldu – ajoyib futbolchi va ajoyib inson. Men u bilan “Real”da 5 yil, “Yuventus”da 2 yil, jami 7 yil birga o‘ynadim. Uning fazilatlari va ambitsiyalarini inobatga olib aytadigan bo‘lsam, u tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri.

Krishtianu har doim, hatto mashg‘ulotlarda ham g‘alaba qozonishga intiladi. U barcha insonlar va futbolchilar uchun o‘rnak bo‘la oladi”, - deydi germaniyalik futbolchi.

Ronaldu “Yuventus” safiga 2018 yilning yozida “Real”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 75 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 53 ta gol hamda 17 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!