
"Ximik" bosh murabbiyi: "Humo"ni mag‘lub etganimizdan xursandman
"Yaxshi, qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Yaxshiki, bugun g‘alabaga erishdik. Shunday kuchli jamoadan muhim ochkolarni qo‘lga kirita oldik. Men jamoamingizga hurmat bildirmoqchiman. Sizlarda yaxshi shakllangan, tezkor, vaziyatlardan unumli foydalan oladigan jamoa mavjud.
Biz bu bahsga tayyorlangan edik. Raqib son jihatdan muz maydonida kamchilikda bo‘lishiga qaramay, shayba kiritishga erishdi. Shu bois, ikkinchi davrda biroz tushkunlikka tushdik. Bugun qaddimizni tik tutib, g‘alaba qozonganimizdan xursandman", - dedi raqib jamoa ustozi.
Fikrlar