
Xitoyga jo‘nab ketgan bokschilarimizning to‘liq tarkibi bilan tanishing
Xabaringiz bor, 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa o‘tkaziladi.
Bugun, 17 yanvar kuni ushbu musobaqada ishtirok etuvchi bokschilarimiz va terma jamoamizning boshqa a’zolari Xitoyga yo‘l olishdi.
Safar oldidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashishdi.
R.Shoabdurahmonov bokschi va murabbiylarimiz bilan suhbatlashar ekan, shu kungacha qo‘lga kiritilgan natijalar tarixda qolganini, bizni oldinda yangi marralar kutib turganini alohida qayd etib o‘tdi.
Terma jamoamiz litsenzion musobaqaga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini aynan Xitoyda o‘tkazadi. Shundan so‘ng vakillarimiz Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirda ishtirok etadilar.
O‘zbekiston terma jamoasi Uxanga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:
Abdumalik Xalakov
Abrorjon Qodirov
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
Aliyor Noraliev
Bahodir Jalolov
Bobousmon Baturov
Dilshodbek Ro‘zmetov
Jahongir Rahmonov
Jamshid Xudoyberganov
Jamshidjon Abdullaev
Kozimbek Mardonov
Lazizbek Mullajonov
Mirazizbek Mirzahalilov
Madiyar Saidrahimov
Navo Tamazov
Oybek Jo‘raev
Sanjar Tursunov
Foziljon Abdumurodov
Fanat Qahramonov
Shahobiddin Zoirov
Shohruxbek Rustamov
Shunqor Abdurasulov
Elnur Abduraimov
Bosh murabbiy: Marat Qurbonov
Katta murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, To‘lqin Qilichev
Murabbiylar: Istam Kabinov, Bahodir Erkaev, Burxon Ahmedov, Farrux Qilichev.
Shifokorlar: Dilshod Kazakov, Komiljon Rasulov.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar