"Xo‘jand"da o‘zbekistonlik murabbiy ish boshladi

  • 11 avgust, 2023, 18:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasida o‘zbekistonlik mutaxassis, darvozabonlar murabbiyi Aleksandr Kit ish boshladi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, u bunga qadar “Xo‘jand”da darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlab kelgan Alisher To‘ychiev o‘rnini egallagan.

kit

Bungacha murabbiy “Andijon”, “Buxoro”, “Qo‘qon-1912”, “Oqtepa”, shuningdek, Tojikistonning “Istiqlol”, Qirg‘izistonning “Kaganat” va Qozog‘istonning “Maxtaraal” klublarida faoliyat olib borgan.

Endilikda Aleksandr Kit “Xo‘jand” klubi darvozabonlar murabbiyi sifatida ishga kirishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!