
Xokkey. 15 kilogrammlik kubok uchun kurash qizg‘in pallaga kirdi
Poytaxtimizdagi "Ice City" muz saroyida kechgan uchrashuvda "Binokor" xokkeychilari 5:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Aleksandr Bloxin (2 ta), Javohir Rasulov (2 ta) hamda Alisher Rahmonovlar tomonidan kiritilgan shaybalarga "Semurg‘" safida Cergey Golev ikki bor javob qaytara oldi xolos.
Shu tariqa seriyadagi hisob tenglashdi - 2:2. Endilikda 15 kg vaznga ega bo‘lgan kubokni qo‘lga kiritadigan jamoa 16 aprel kuni aniqlanadigan bo‘ldi.
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati. Final. To‘rtinchi bahs
"Binokor" - "Semurg‘" 5:2
Seriyadagi hisob - 2:2.
Fikrlar