
Xokkey. "Binokor" final uchun yana bir qadam tashladi
Bugun poytaxtimizdagi "Ice City" muz saroyida "Toshkent" va "Binokor" jamoalari o‘rtasidagi pley-offning ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda "Binokor" xokkeychilari 2:1 hisobida zafar quchdi va seriyadagi ustunlikni 2:0 ko‘rinishga keltirishdi.
Ma’lumot uchun, "Toshkent" 30 mart kuni o‘tadigan qarama-qarshilikda ham imkoniyatni boy bersa, "Binokor" final yo‘llanmasiga ega chiqadi.
O‘zbekiston chempionati. Pley-off
"Toshkent" - "Binokor" 1:2 – 1:2 (0:1, 1:1, 0:0)
Seriyadagi hisob – 0:2.
14:36 – Vasiliy Aniskin (Sergey Kuimov, Aleksandr Bloxin) – 0:1
18:07 – Aleksandr Bloxin (Vasiliy Aniskin) – 0:2
20:27 – Maksim Porvanov (Ilya Skryabin, Egor Studenov) – 1:2
Fikrlar