Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yurtimizga qaytishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 2-8-mart kunlari Gonkongda o‘tkazilgan hokkey bo‘yicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatida jamoamiz 5 ta o‘yinda 5 ta g‘alabani qo‘lga kiritib, yuqoriroq divizion — IIB ga yo‘llanmaga ega bo‘ldi.

Hal qiluvchi shiddatli bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Isroil jamoasini 6:3 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar hokkeychilarimiz Sport vazirligi hamda mamlakat hokkey federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarimizning ota-onalari va keng jamoatchilik ishtirokida kutib olindi va ularga keyingi musobaqalarda muvaffaqiyat tilashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!