
Xokkey. "Humo" bir nechta yangi transferni e’lon qildi, etakchilar bilan shartnoma uzaytirilmoqda
Toshkentning "Humo" xokkey klubi yangi mavsum oldidan o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
"Qanotlilar" matbuot xizmati bir nechta yosh o‘yinchilar bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Jumladan, so‘nggi bir necha kun ichida Andrey Boluchevskiy, Nikita Svintsitskiy, Zaxar Ziminov, Anton Zlobin kabi mahoratli hujumchilar bilan klub tarkibi kuchaytirildi.
Bundan tashqari, Denis Shurakov, Javohir Rasulov, Ivan Fishenko, Aleksey Tsiplakov, Daniel Kogan kabi etakchilar bilan amaldagi kelishuv uzaytirildi.
Ma’lumot uchun, Evgeniy Popixin shogirdlari o‘tgan mavsumni Qozog‘iston chempionatida o‘tkazib, yakunda kumush medallarga ega chiqqandi.
Fikrlar