
Xokkey. "Humo" o‘z tarkibiga yangi hujumchi qo‘shib oldi (FOTO)
Toshkentning “Humo” xokkey klubi o‘z tarkibini markaziy hujumchi Aleksey Tsyplakov bilan to‘ldirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "SKA-Serebryanye lvy" xokkey maktabi tarbiyalanuvchisi SKA tarkibida MXL, VXL va KXLda ishtirok etgan. U o‘tgan mavsumni Tolyattining "Lada" klubida o‘tkazdi. U joriy mavsumni ham xuddi shu klubda boshladi va VXLda jami 74ta o‘yin o‘tkazib, 17 (6+11) ochkoni qo‘lga kiritdi.
Aleksey "Humo"da 89 - raqam ostida o‘ynaydi.
Fikrlar