
Xokkey. "Humo" Toshkentda "Almati"ni yirik hisobda engdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi bugun Qozog‘iston Pro-ligasining navbatdagi turida o‘z maydonida "Almati" klubiga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan o‘yin 3:0 hisobida "qanotlilar"ning foydasiga hal bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan so‘ng "Humo" o‘z hisobidagi ochkolar sonini 56 taga etkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga "Humo" va "Almati" jamoalari o‘rtasida ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar