Xokkey. Roman Smiryagin Qozog‘iston Pro ligasida dekabr oyining eng yaxshi darvozaboni deb topildi

  • 4 yanvar, 2023, 22:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning “Humo” xokkey klubi darvozaboni Roman Smiryagin Qozog‘iston Pro ligasida dekabr oyining eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, Roman o‘tgan oyda “Humo” bilan birga beshta o‘yinning to‘rttasida g‘alaba qozondi va ulardan birida darvozasi daxlsizligini ham saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘rtacha hisobda bir o‘yinda 1,54 ta gol o‘tkazib yubordi va 94,17% zarbalarni qaytarishga erishdi.

Ma’lumot uchun, “Humo” ayni damda musobaqa jadvalida 47 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!