
Xoland "Bavariya"ni aldab, "Siti"ga o‘tib ketdimi?
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining agenti Pini Zahavi "Borussiya" Dortmund vakili Erling Xoland transferi haqida gapirib o‘tdi. Aytishicha, Xoland mijozining o‘rnini egallashi kutilgandi.
"Robert nafaqat etuk futbolchi, balki u aqlli inson ham. U atrofida nimalar sodir bo‘layotganini bilib turibdi.
Leva "Bavariya"ning rejalari qanday ekanidan yaxshigina xabardor. Shuningdek, u klubni qiyin ahvolda tashlab ketmaydi. Avval uning o‘rniga munosib nomzod topiladi. Keyin u jamoani tark etadi.
To‘g‘risini aytsam, mijozim o‘rniga Xoland kelishini hamma bilib turgandi. Hatto Erlingning otasi bilan deyarli og‘zaki kelishuvga erishilgandi. Biroq bu futbol va unda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin.
Millionlar o‘yini - katta olam. Bu olamda sir bo‘lishi mumkin emas", - dedi Pini "BILD" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar