
Xoland bugun "Yang Boyz"ga qarshi maydonga tushmasligi mumkin. Biroq u "Chelsi" bilan o‘yinga tayyor bo‘ladi
"Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland mashg‘ulotlarga qaytdi. Uning jarohati jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi.
Uning bugun "Yang Boyz"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborish ehtimoli katta. Biroq yakshanba kuni "Chelsi" bilan bahsga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xoland "Bornmut" bilan kechgan uchrashuvning 2-taym boshida zaxiraga olingandi. O‘sha bellashuvda u to‘pig‘idan engil jarohat olgan.
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti"ning Evropa chempionlar ligasidagi "Yang Boyz"ga qarshi uchrashuvi bugun tungi 01:00 da start oladi. Bellashuvni "Mahalla" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar