Xoland gollardan ko‘ra rekordlarni ko‘proq uryapti

  • 29 dekabr, 2022, 11:31
  • 0
  • Futbol

Afsonalar safiga yaqinlashib borayotgan Erling Xoland APLni "yondirib" tashlayapti. U kecha "Lids"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi va bir qator rekordlarni yangiladi.

Erling Premer-liga va Bundesliga o‘yinlarida 100 ta samarali harakat qayd etdi. Norvegiyalik Germaniya va Angliya chempionatlarida 81 ta o‘yinda 82 ta gol urgan va 18 ta golga assistentlik qilgan. Birgina "shaharliklar" safidagi natijalariga qaraydigan bo‘lsak, u 20 o‘yinda allaqachon 26 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bundan tashqari Xoland bir ko‘rsatkich bo‘yicha Messidan o‘zib ketdi.  Gap shundaki, u Gvardiola qo‘l ostida o‘ynagan barcha futbolchilardan ko‘ra tezroq 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Lionel Messi uchun "Barselona" safida Gvardiola bor payti 25 ta gol urish uchun 28 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!