Xoland jahon chempionini hayratga soldi

  • 20 yanvar, 2023, 20:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionati qahramonlaridan hisoblanadi.

Tecno

22 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasi safida ettita uchrashuvda to‘rtta gol va bitta assist muallifi bo‘lib, jamoasining jahon chempioni bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi.

Alvares “Siti”dagi jamoadoshi Erling Xolanddan hayratlanishini aytdi.

- Xoland nafaqat zo‘r futbolchi, balki ajoyib inson hamdir. U doim menga yordam berishga intiladi.

Erling hozirgi jamoamizda ham, avvalgi klublarida ham yuqori saviyali hujumchi ekanini isbotlab bo‘lgan. Lekin uning mentaliteti meni hayratga soladi. U har kuni ko‘nrog‘ini istaydi.

Eng zo‘r futbolchilar bilan bir jamoada o‘ynash juda foydali. Men Xolanddan ko‘proq narsalarni o‘rganishga harakat qilyapman, - dedi Xulian Alvares.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!