Xoland jahon futbolida asr rekordini o‘rnatdi

  • 10 sentabr, 12:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatining Evropa mintaqasi uchun o‘tkazilayotgan saralash turniri doirasida “I” guruhida ishtirok etayotgan Norvegiya terma jamoasi o‘z maydonida Moldova futbolchilarini qabul qildi.

Tecno

Gollarga boy bo‘lgan ushbu bahsda mezbonlar 11:1 hisobida zafar quchdi. Shu kuni raqib darvozasiga beshta to‘p kiritib, jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatgan Erling Xoland o‘yin qahramoni bo‘ldi.

FIFA rasmiy saytining ma’lum qilishicha, Xoland XXI asrda jahon chempionatlari saralash turnirida penta-trik qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi.

Ilgari bunday natija bir marta kuzatilgan.  1977 yili Xans Krankl Avstriya va Malta terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda o‘z hisobiga beshta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!