Xoland jamoa tanlashda adashdi
Erling Xoland manfaatlarini himoya qilayotgan mashhur agent Mino Rayola “Borussiya”ni tanlab, katta xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi.
- Xoland hamma narsaga kutilganidan tez erishmoqda. Ayniqsa, rivojlanish borasida uning bunday o‘sishini hech kim kutmagan edi. Men unga grand klublarga o‘tmasdan, Dortmundga borishni maslahat berib, xato qilganimni tan olishdan qo‘rqmayman.
Xoland dunyoning istalgan klubida o‘ynab keta olishiga bugun hech kim shubha qilmaydi. Uning hozirgi darajasi buni isbotlab turibdi. Erling buni o‘tgan yili ham uddalardi. Lekin ko‘p jamoalar uning Zaltsburgda ko‘rsatgan o‘yini kuchli ligalarda ish berishiga ishonmadi.
Hozir o‘yinchining kelajagi uchun nima muhim ekanini aniqlab olish kerak. Ba’zan hamma ketish kerak, deganda klubda qolish foydaliroq bo‘lib chiqadi, - dedi Mino Rayola.
Ta’kidlash lozimki, yozgi transferlar vaqtida Xolandni o‘nga yaqin superklub o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. “Borussiya” to‘purar hujumchisini 180 million evroga baholamoqda.
Fikrlar