
Xoland keyingi uch yil qaerda o‘ynashini aytdi
Evropaning grand klublari orzusiga aylangan Erling Xoland kelajakdagi faoliyatiga doir ma’lumot berdi.
- Ayni paytda “Borussiya” bilan shartnomam bor va u yana uch yildan keyin yakunlanadi. Shu bois, kelajagimga doir turli mish-mishlar meni bezovta qilayotgani yo‘q, - dedi Erling Xoland.
20 yoshli norvegiyalik hujumchi “Barselona”, “Real”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, PSJ kabi klublarning nishonida turibdi. Bu klublar iste’dodli to‘purarni yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi.
Xoland o‘tgan yilning boshida “Red Bull Zaltsburg” jamoasidan dortmundliklar safiga ko‘chib o‘tganidan beri 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 49 marotaba ishg‘ol qildi. Uning bugungi kundagi transferi 110 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar