
Xoland nima sababdan “Manchester Siti”ga o‘tganini ma’lum qildi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland otasi Alf-Inge sabab “shaharliklar” bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
- Albatta, “Manchester Siti”ga o‘tishimga otamning hissasi katta. U Angliyada yashagan, qolaversa, shu klub sharafini himoya qilgan. To‘g‘ri, 20 yil ichida ko‘p narsa o‘zgardi, lekin u Manchesterni yaxshi biladi. Shuning uchun bu erda qanday atmosfera bo‘lishidan xabardor.
Biz oddiy narsalar haqida gaplashdik. Men uchun nima yaxshi bo‘lishini keng muhokama qilib, hamma takliflarni o‘rganib chiqdik. Yakunda otam sabab Angliyaga ko‘chib o‘tishga axd qildim, - deya Xolandning so‘zlarini keltirdi “Manchester Siti” matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, katta Xoland ham Angliyada o‘ynagan bo‘lib, APLning uch klubi sharafini himoch qilgan - "Manchester Siti", "Lids" va "Nottingem Forest".
Fikrlar