Xoland PSJga qarshi o‘yinda super tezlik namoyish qildi (FOTO)
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xoland Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJga (2:1) qarshi bahsida ajoyib tezlikni namoyish etdi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli norvegiyalik futbolchi 60 metr masofani 6,64 soniyada bosib o‘tgan. Bu boradagi jahon rekordi esa 6,34 soniyani tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Xolandning bo‘yi 194 santimetr, vazni esa 87 kg hisoblanadi. U kechagi o‘yinda dubl qayd etdi.

Fikrlar