Xoland qachon “Real”ga o‘tishi oydinlashdi

  • 07.07.2026 17:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” klubi  va Norvegiya milliy terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland kelajakda “Real Madrid”ga o‘tish ehtimolini inkor etmayapti.

Madrid Zone nashri insayder Fabrizio Romano ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, norvegiyalik yulduz bu yozda klubini tark etmaydi. Biroq u keyinchalik “Real”ga o‘tish variantini jozibador va amalga oshishi mumkin bo‘lgan stsenariy sifatida baholamoqda.

Hujumchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2034 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Xoland jahon chempionati 1/8 finalida Braziliyaga qarshi bahsda dubly qayd etib, Norvegiyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Endi norvegiyaliklar yarim final yo‘llanmasi uchun Angliyaga qarshi maydonga tushadi.

Transfermarkt portali Xolandning bozor qiymatini 200 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!