Xoland Ronaldu bilan nega uchrashdi?

  • 7 avgust, 2024, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning ayni paytdagi eng zo‘r to‘purari Erling Xoland  Ispaniyada Krishtianu Ronaldu bilan uchrashdi.

Ma’lumki, portugaliyalik yulduz o‘ynayotgan “An-Nasr” bu galgi xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini futbol markazlaridan bo‘lgan Ispaniyada tashkil etgandi.

24 yoshli norvegiyalik hujumchi saudiyaliklarning mashg‘ulot lageriga kelib, 39 yoshli hamkasbi  Krishtianu Ronalduning suhbatini olgan.

Eslatib o‘tamiz, tez orada Erling Xolandni muhim uchrashuv kutib turibdi. “Manchester Siti” futbolchilari 10 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun bo‘ladigan bahsda “Manchester Yunayted” bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!