Xoland “Siti”ga zo‘r futbolchi topib berdi

  • 30.09.2022 12:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premer-ligasidagi debyut mavsumida to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilayotgan Erling Xoland sobiq jamoasi - “Borussiya”dagi  jamoadoshi Jud Bellingemni “Manchester Siti”ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

Novregiyalik yulduz Dortmund klubida angliyalik futbolchi bilan ikki mavsum birga o‘ynadi va do‘stona aloqalarni saqlab qolgan.

“Shaharliklar” 19 yoshli yarim himoyachiga da’vogarlik qilayotgan jamoalardan hisoblanadi. Bu vaziyatda ko‘p narsa futbolchi qaysi jamoani tanlashiga bog‘liq. Jud Bellingem “Real”ga o‘tishga moyillik bildirdi.

Erling Xoland do‘stini fikridan qaytarib, uni Manchesterga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoda. Bu transfer uchun xaridorlar 100 million evro atrofida pul ajratishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!