Xoland “Siti”ni tark etish payida, u yangi jamoa tanladi!

  • 18 iyul, 2024, 17:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning asosiy to‘purari Erling Xoland Angliya Premer-ligasida uzoq qolmoqchi emas. Norvegiyalik hujumchi qisqa fursatda bu klub bilan deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘ldi.

Caughtoffside nashrining yozishicha, 23 yoshli to‘purar “Real”ga o‘tish istagini bildirgan. Xolandni Vinisius Junior, Jud Bellingem va Kilian Mbappe bilan bir loyihada ishlash g‘oyasi o‘ziga jalb etmoqda.

Ekspertlar norvegiyalik hujumchining ketish haqidagi fikri jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning kelasi mavsum oxirida shartnomasi yakunlanishi va ispaniyalik mutaxassis boshqa ishga o‘tishi mumkinligi tufayli uyg‘ongan, deb hisoblamoqda.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Xoland “Manchester Siti” klubi bilan shartnomasini to‘liq bajarib bo‘lganidan keyin erkin agent  sifatida “Real”ga o‘tishni rejalashtirmoqda.

“Shaharliklar” mohir to‘purarni uzoqroq muddatga olib qolish maqsadida uning 2027 yilningya yarmigacha davom etadigan shartnomasini uzaytirish harakatlarini boshlab yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!