
Xoland tufayli to‘rt futbolchi jamoadan ayriladi
“Manchester Siti” rahbariyati “Borussiya”dan Erling Xolandni transfer qilishga jiddiy kirishdi.
“Shaharliklar” transfer uchun etarli mablag‘ to‘plash maqsasida to‘rt nafar futbolchisini sotib yuboradigan bo‘ldi.
Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar assosiy tarkibga kira olmayotgan Pedro Porro, Ferran Torres, Ko Itakuru va Morgan Rojersdan voz keyishga qaror qilgan. Bu o‘yinchilar transferidan keladigan mablag‘ning bari Xolandni olib kelishga yo‘naltiriladi.
Ma’lumki, yozda Xolandni 75 million evroga transfer qilish mumkin. Biroq, bundan tashqari futbolchining otasiga 20 million va agenti Mino Rayolaga 40 million evro komissiya to‘lashga ham to‘g‘ri keladi.
Fikrlar