
Xoland: "U telba, shunchaki aqldan ozgan. Unga etish imkonsiz..."
"Borussiya" Dortmundning norvegiyalik superhujumchisi Erling Xoland "Bavariya" va Polsha terma jamoasi a’zosi Robert Levandovski haqida fikr bildirdi:
"U telba, shunchaki aqldan ozgan. Gol urganimda: "Ajoyib, endi men Levandovskiga etishimga 1 ta gol qoldi", deyman. Lekin u bo‘lsa, hech narsaga e’tibor bermay, odatdagidek, xet-trik qilib keladi. O‘ta sovuqqon, ishiga mas’uliyatli. Unga etish imkonsizday go‘yo.
Men undan nimadir o‘rganamanmi? Albatta! Ayniqsa, texnikasiga qiziqaman. Men "Bavariya"ning barcha uchrashuvlarini kuzatib boraman va jamoadan ko‘p narsa o‘rganaman. Juda zo‘r klub. Jamoadoshlari Robertni doim topishadi va unga pas berishadi. Kerakli joyda, kerakli paytda paydo bo‘lib, masalani hal qiladi. Ajoyib mantiq. Undan o‘rganadigan narsam ko‘p", - deydi norvegiyalik forvard.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" kecha EChL 1/8 finali doirasida "Latsio"ni 1:4 g‘isobida mag‘lub etib, mehmondagi o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.
Fikrlar