Xoland uchun kurashda ikki favorit nomi oshkor bo‘ldi
“Borussiya” yozgi transferlar vaqtida asosiy to‘purari Erling Xolandni saqlab qola olmaydi. Mino Rayola o‘z mijoziga ajoyib shartnoma tuzib bergan. Unga ko‘ra, 2022 yilning yozida istalgan klub norvegiyalik to‘purarni 75 million evroga xarid qilishi mumkin.
Biroq, bu bir qarashda oson va arzon ko‘rinadi. Xolandni oladigan jamoa agen lik xizmatlari uchun Mino Rayolaga 40 million evro, futbolchining otasiga 20 million evro gonorar ham to‘lash kerak. Bundan tashqari, Erling dunyodagi eng katta maosh oladigan futbolchilardan biriga aylanishi shart.
Mutaxassislar har qanday grand klublar ham bu talablarni bajara olmasligini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, moliviy imkoniyatlardan kelib chiqib, 21 yoshli hujumchi uchun kurashda PSJ va “Manchester Siti” favorit hisoblanadi.
Shuningdek, “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich ham Xolandni olib kelish uchun pulni ayamasligini bildirgan.



Fikrlar