Xoland uchun kurashga yana bir klub qo‘shildi

  • 21 dekabr, 2021, 17:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland transferi uchun kurashayotgan klublar qatorida, deya xabar berdi "Sky Deutschland" nashri. 

Mersisayd klubi moliyaviy tomondan "Real" va PSJ bilan raqobatlasha olmasligiga qaramay, 21 yoshli goleadorni sotib olishga urinib ko‘radi. 

Ma’lum bo‘lishicha, "qizillar" sof markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Shuningdek, Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirish masalasi mavhumligicha qolayotgani ham "qizillar"ni mazkur transferga undashi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, norvegiyalik futbolchi bu mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!